Qozon shahrida ma’naviy meros festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Qozon shahrida ma’naviy meros festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Rossiya Islom institutida Volga Bolgariyasida islom qabul qilinganligining 1100 yilligi munosabati bilan “Ilahi moh” ma’naviy merosi asarlari ijrochilari festival-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqida Bolgar islom akademiyasining rasmiy sayti ma’lumot bermoqda. Mazkur tadbir tatar madaniyati va tilini ommalashtirish, ma’naviy madaniyat an’analarini, og‘zaki folklor san’ati asarlarini o‘rganish va qayta tiklash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning maqsadi millatlararo madaniyatni targ‘ib etish orqali tatar xalqining ma’naviy an’analari umrboqiyligini ta’minlash va unga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.


Print   Email