Qasr al-Vatan kutubxonasi o‘z faoliyatini qayta boshladi

Qasr al-Vatan kutubxonasi o‘z faoliyatini qayta boshladi

BAAning Xalq Saroyida joylashgan Qasr al-Vatan kutubxonasi yaqinda o‘z faoliyatini qayta boshladi, deb xabar bermoqda library sayti.

Kutubxonada mamlakatning tarixi, geografiyasi va ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi kabi mavzularni qamrab oluvchi 50 mingdan ziyod ta’sirchan matn to‘plami va 35 yil davomida to‘plangan 16 million raqamli hujjatlar mavjud. Arab dunyosi tarixi va madaniyatini saqlab qolish maqsadida unda nodir qo‘lyozmalar va arab mintaqasining astronomiya, ilm-fan, san’at, adabiyot va boshqa sohalarga ta’sirini yoritadigan qadimiy kitoblar va hujjatlarning ulkan to‘plami saqlanadi.

Mazkur kutubxona Abu-Dabidagi boshqa jamoat kutubxonalari tarmog‘ining bir qismi hisoblanadi. Majmuaga BAA fuqarolari hamda mehmonlari barcha xizmatlardan foydalanish huquqini beruvchi a’zolik kartasi orqali tashrif buyurishlari mumkin.


Print   Email