Nufuzli Misr Fatvo markazi mas’uli Navro‘z tarixi xususida

Bahor kelib, tabiatning uyg‘onishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Navro‘z bayrami rizq-nasiba, totuvlik va ertangi kunga umid ramzi sifatida ko‘pgina Osiyo xalqlari hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur bayram va uning qadriyat sifatidagi o‘rni xususida nufuzli Misr Fatvo markazining fatvolar bo‘yicha mas’ul kotibi, Shayx Muhammad Visam shunday deydi:

– Navro‘z kunlari Ali roziyallohu anhuga mahalliy aholi shirinlik keltirishadi. Shunda Ali roziyallohu anhu “Bu nima uchun?”, deb so‘raydilar. Ular “Bu Navro‘z – yangi kun tuhfasi”, deyishadi. Shunda Ali roziyallohu anhu “Har kuni Navro‘z bo‘lsaydi...”, dedilar.

Xalqlarning turli ijtimoiy hayoti asosida shakllangan urf-odat va milliy an’analari bu elning o‘zligini, o‘ziga xos tarix va qadriyatlarga egaligini anglatadi. Buning inson diniy e’tiqodiga hech bir daxli yo‘q. Shu bois xalqlarning qadim qadriyatlari bilan uyg‘un bayram va sanalarni u yoki bu din va e’tiqod bilan bog‘lash u qadar to‘g‘ri emas.

 

 


Print   Email