Musulmon dunyosi ligasi bosh kotibi: “Islomda ayollar doimo yuqori mavqeda”

Musulmon dunyosi ligasi bosh kotibi: “Islomda ayollar doimo yuqori mavqeda”

Bu haqida arabnews sayti ma’lumot beryapti. Manbada qayd etilishicha, Los-Anjeles xalqaro munosabatlar Kengashining virtual tashkil etilgan seminarida Musulmon dunyosi ligasi bosh kotibi Muhammad bin Abdulkarim al-Issa islomda ayollar doimo yuqori mavqega ega bo‘lib kelgani haqida fikr bildirib, islomning asosiy tamoyillari ayollar huquqlarini poymol etilishiga zid ekanligini ta’kidladi.

Muhammad al-Issa o‘z nutqida Musulmon dunyosi ligasi jahondagi bir qator diniy tashkilotlarning tinchlik va totuvlik borasidagi faoliyatini yanada kengaytirishga yordam berayotganini qayd etdi.

Shuningdek, bosh kotib turli jamiyatlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi bo‘shliqni bartaraf etishda Sharq va Gʻarb o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish zaruriyati yuqoriligini qo‘shimcha qildi.


Print   Email