Misrda 3 ming 4 yuz yillik shahar topildi

Misrda 3 ming 4 yuz yillik shahar topildi

"Al-Balad" nashrining yozishicha, shahar miloddan avvalgi 1388-1351-yillarda hukmronlik qilgan XVIII sulola shohi Amenxotep III davrida qurilgan va uning hukmronlik yillarida gullab-yashnagan.

Luksorda, misrlik arxeologlar 3400-yildan ortiq yoshdagi qum ostidagi shaharni topdilar. Shahar topilishi 1922-yili firʼavn Tutanxamonning dafn xonasi topilganidan beri mamlakatning eng muhim arxeologik kashfiyoti ekanligi taʼkidlanmoqda.

Taniqli misrshunos olim Zaxa Xavasning soʻzlariga koʻra, tadqiqotlar boshlanganidan soʻng gʻishtdan qurilgan binolar koʻrindi. Hozir shaharning koʻlami aniq. Binolar balandligi 3 metrgacha boʻlgan.

– U juda yaxshi holatda saqlangan. Uylarning devori deyarli buzilmasdan qolgan va xonalar idish-tovoq bilan toʻla. Goʻyo aholi hamma narsani qoldirib, bu yerni shunchaki tark etgan, – deydi olim.

Manba: yuz.uz

 


Print   Email