UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Avliyo Ketrin monastrini qayta qurishga va rivojlantirish harakatlarini boshladi. Bu haqida arabnews sayti ma’lumot beryapti.
Misrning uy-joy qurilishi vaziri Assem El-Gazzar investorlarga loyihani tezkor sur’atda amalga oshirish vazifasini qo‘ydi. Loyiha shaharni El-Tor, Sharm-ash-Shayx va Dahab o‘rtasidagi kengaytirilgan qirg‘oqning qolgan qismi bilan bog‘laydi. Loyihalashtirish ishlari muqaddas vodiyga yoki qo‘riqxonaning asosiy qismiga zarar yetkazmaydi. El-Gazzarning aytishicha, Avliyo Ketrin monastri moddiy-ma’naviy merosni saqlab qolish va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.