Malika Fatma Ismoil Qohira universitetini tashkil etgan ayol

Malika Fatma Ismoil Qohira universitetini tashkil etgan ayol

Malika Fatma Ismoil Misr tarixida xayriya fondi orqali chuqur iz qoldirgan ayol sifatida tan olingan. Bu haqida ahram online sayti xabar beryapti.

XIX asrning oxirida zamonaviy va kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha universitet tashkil etishni taklif etadi. Ziyolilar va jamoat arboblari qo‘mitasi mablag‘ yig‘ishni boshlaydi, ammo bunday ulkan loyihaning xarajatlarini qoplay olmaydi. Shu murakkab paytda malika Fatma Ismoil Misr universitetini tashkil etish uchun yer maydoni hamda kerakli mablag‘ni ajratadi. Bundan tashqari, universitet maydonini kengaytirish uchun Giza shahridagi Dokki hududidan qirollik yerlarini ajratishga qaror qiladi.

1908-yil 21-dekabrda Misrning Qohira universiteti ochiladi. 1923-yilda universitet xorijda ta’lim olayotgan talabalar uchun Fatma Ismoil stipendiyasi tashkil etiladi. Hozirgi kunda Fatma Ismoil Qohira universiteti timsoli sifatida tan olinadi.


Print   Email