Madina shahrida yangi muzey ochildi

Madina shahrida yangi muzey ochildi

Madina shahrida xalqaro ko‘rgazma doirasida Muhammad payg‘ambar hamda Islom sivilizatsiyasi hayotiga bag‘ishlangan muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beryapti islam.ru sayti.

Loyiha Musulmonlar Dunyosi Ligasi (MWL) tomonidan amalga oshirildi. Majmua mazkur tashkilot homiyligida qurilgan Islom muzeylarining birinchisi hisoblanadi. Madina shahridagi Payg‘ambar masjidi yonida joylashgan muzey 24 soat davomida ishlaydi. Uning faoliyati islom olami tarixi va Muhammad payg‘ambar hayotiga bag‘ishlangan.


Print   Email