Indoneziyalik o‘quvchilar ZOID nomli robot yaratdi

Indoneziyalik o‘quvchilar ZOID nomli robot yaratdi

Sinarmas World olimpiadasining bu yilgi g‘oliblari 8-sinf o‘quvchilaridan iborat RoboKnights jamoasi bo‘ldi, deb xabar bermoqda thejakartapost sayti.

Pandemik vaziyat tufayli onlayn shaklda o‘tkazilgan musobaqada RoboKnights jamoasi ZOID nomli robot yaratdi. ZOID odamlarning bo‘g‘im harakatlarini yelkadan barmoqlarga taqlid qilishga qodir bo‘lib, uni uzoq masofadan boshqarish mumkin. Bu orqali uzoqdan ishlab chiqarish imkonini beradi, transport xarajatlari va issiqxona gaz chiqindilarini kamaytiradi.

– Robotda foydalanuvchining qo‘l harakatlarini kiritadigan va yozib oladigan yozuv va oldindan yozilgan qo‘l harakatlarini doimiy ravishda qo‘llaydigan avtomatik tizim mavjud,– deydi RoboKnights jamoasi a’zosi Aydan Haoken.

2004-yildan beri har yili o‘tkaziladigan Butunjahon robotlar olimpiadasi 10 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin.

 


Print   Email