ICESCO Bosh direktori: “Yoshlarning malakasini oshirish va salohiyatini kuchaytirish – tashkilotning ustuvor maqsadi”

ICESCO Bosh direktori: “Yoshlarning malakasini oshirish va salohiyatini kuchaytirish – tashkilotning ustuvor maqsadi”

Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti – ICESCO Bosh direktori Salim al-Malik tashkilotda amaliyot o‘tagan yoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda tashkilotning rasmiy sayti. Uchrashuv davomida u yoshlarning malakasini oshirish va salohiyatini kuchaytirish tashkilotning yangi nigohi va strategiyasidagi ustuvor maqsad ekanligini ta’kidladi.

Salim al-Malikning ma’lum qilishicha, 2020-yilning yakunida o‘z faoliyatini boshlagan yoshlarning “Yetakchilik inkubatori”dan tashqari kelgusida yana 10 ta mana shunday markaz barpo etiladi. Bundan maqsad ta’lim, fan va madaniyat sohalarida yoshlarga yetakchilik qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, Salim al-Malik 2021-yilning so‘ngigacha tashkilotda amaliyot o‘tovchilar soni xodimlar sonidan oshishi rejalashtirilgani haqida so‘z yuritib, buning uchun barcha a’zo mamlakatlardan amaliyot o‘tash maqsadida yoshlar jalb etilishini qo‘shimcha qildi.


Print   Email