ICESCO “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni keng nishonlaydi

ICESCO “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni keng nishonlaydi

Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti ICESCO “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami oldidan “Ilm-fandagi xotin-qizlar xalqaro kuni”ni keng nishonlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.

Tadbir onlayn tarzda tashkil etilib, Germaniyaning Leybnis ilm-fan assotsiatsiyasi va kosmik fondi a’zosi LIKAT bilan hamkorlikka o‘tkaziladi. Onlayn uchrashuvda Musulmon olami universitetlari federatsiyasining 350 nafar ayol tadqiqotchilari, olimlari va ilmiy soha vakillari ishtirok etishlari kutilmoqda.

Dastur davomida o‘tkaziladigan davra suhbati va savol-javoblar yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularni Germaniyaning Leybnis ilm-fan assosiatsiyasi va kosmik fondi a’zosi LIKAT bilan hamkorlik qilishga yordam beradi.


Print   Email