Doxada islom merosi targ‘iboti tadbirlari boshlandi

Doxada islom merosi targ‘iboti tadbirlari boshlandi

2021-yil Qatar poytaxti “Doxa — Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan festivallar o‘tkazilmoqda. Bu haqida islam.ru sayti xabar bermoqda.

Qatarning Islom san’ati muzeyining ochilish dasturida so‘zga chiqqan Madaniyat vaziri Saloh bin Ganim al-Ali Qatarda ilm-fan va san’atning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari jadal suratlarda olib borilayotganini ta’kidladi. Mazkur sohaga oid asarlar chet tillariga tarjima qilingani va xorijiy universitetlarda o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanilayotgani eslatib o‘tildi.

“Doxa – Islom madaniyati poytaxti 2021” tadbirlari Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) va Qatar Madaniyat va sport vazirligi, shuningdek, boshqa ko‘plab tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. “Islom madaniyati poytaxti” loyihasi ICESCO tomonidan 2005-yildan buyon islom olamiga taalluqli ma’lum davlat poytaxtlarda o‘tkaziladi.


Print   Email