Bolgar islom akademiyasida psixologik mashg‘ulotlar olib borilmoqda

Bolgar islom akademiyasida psixologik mashg‘ulotlar olib borilmoqda

Bolgar islom akademiyasida magistrantlar uchun diniy-ma’rifiy faoliyatning psixologik jihatlari to‘g‘risida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu haqida akademiyaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mavzulashtirilgan hamda amaliyot bilan hamohang tarzda tashkil etilgan bu mashg‘ulotlar Rossiya sotsiologlar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari nomzodi Natalya Sedix tomonidan olib borilyapti.

Mazkur kursni o‘tkazishdan maqsad esa, talabalarda muomala ko‘nikmalarini oshirish, jamoaviy ishlashga o‘rgatish, yetakchilik va samarali  muloqot o‘rnatish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar qator texnologiyalari, xususan, jamoaviy nutq qilish, o‘z fikr va loyihalarini taqdimotlarini tayyorlash, turli sohalar bo‘yicha savol-javoblar olib borish usullaridan foydalanishmoqda.

Kurs yakunida talabalarning diniy-ma’rifiy sohaga oid o‘z videomateriallarini tayyorlashlari ko‘zda tutilgan.


Print   Email