Bolgar islom akademiyasida kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Bolgar islom akademiyasida kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Bolgar Islom akademiyasi kutubxonasida “Ilmiy maqolalarni tayyorlashda talabaga yordam berish uchun” kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda akademiyaning rasmiy sayti. Ko‘rgazma talabalar e’tiborini ushbu mavzu bo‘yicha adabiyotlarga hamda ularning ilmiy faoliyatini osonlashtirishga qaratilgan.

Shuningdek, Akademiya talabalari Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov tomonidan boshlangan “Talabalar kitobi” fleshmobida qatnashdi. Aksiyada talabalar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlarining sevimli asarlari haqida suhbatlashib, bir-birlariga tavsiya qilishdi.


Print   Email