Berlinda xristian, musulmon va yahudiylar uchun markaz tashkil etilmoqda

Berlinda xristian, musulmon va yahudiylar uchun markaz tashkil etilmoqda

Bu haqida theguardian.com sayti ma’lumot bermoqda. Ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun 47 million yevro sarflanishi kutilmoqda. Buning uchun yaqin tarixda sobiq totalitar tuzum davrida Sharqiy Germaniyadagi buzib tashlangan cherkov o‘rni tanlangan. Loyihaga ko‘ra, yangi inshootda xristian, musulmon va yahudiy diniga e’tiqod qiluvchilarning barchasi bir tom ostida faoliyat yuritishi va ibodat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Germaniyalik me’mor Kuyehn Malvezzi tomonidan loyihalashtirilgan binoning poydevori joriy yilning 27-may kuni qo‘yilishi kutilmoqda. Ushbu g‘oya dinlararo hamkorlik va muloqotdagi yangi tashabbusni anglatadi.

– Avvallari nasroniy, musulmon va yahudiylar alohida-alohida ibodat qilar edilar, lekin diniy bayramlar, xotira va tantanalar uchun bir-birlariga tashrif buyurishardi, – deydi ruhoniy Andreas Nachama. – Mazkur markaz esa o‘ziga xos ramzga ega. Bu dinlarga nisbatan nafrat yo‘qligini anglatuvchi yangi davr boshlanganidan darak beradi.


Print   Email