Asalarilar yordamida noyob haykaltaroshlik buyumlari yaratilmoqda

Asalarilar yordamida noyob haykaltaroshlik buyumlari yaratilmoqda

Bu haqida travelask.ru sayti xabar bermoqda. Unda keltirilishicha, asalarilar  nafaqat o‘simliklarni changlatib, asal ishlab chiqaradi, balki san’at asarlarini yaratishi ham ma’lum, bo‘ldi. Gollandiyalik Tomash Libertini aynan shu mehnatsevar jonzotlar yordamida aqlbovar qilmaydigan durdonalarni yaratyapti. Hozircha aynan asalarilar yordamida imperator Brut va malika Nefertitining byustlari yasaldi.

Libertini g‘ayrioddiy rassom sanaladi. U o‘z ishi bilan tabiatni, uning go‘zalligini, tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Haykaltarosh an’anaviy asbob-uskunalaridan voz kechib, asarlari uchun odatdagi loy va toshni emas, balki asal mumini tanladi.


Print   Email