An’anaviy qadriyatlar buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi

An’anaviy qadriyatlar buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi

Saudiya Arabistonining Madina shahri hokimi o‘rinbosari shahzoda Saud bin Xalid al-Faysal buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashishda an’anaviy qadriyatlarning ahamiyati haqida fikr bildirib, yo‘lga qo‘yilayotgan “An’anaviy qadriyatlar elchisi” dasturi haqida ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda arabnews sayti.

Dasturning maqsadi jamiyatdagi barcha qatlam, jumladan, talabalarni buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy oqibatlaridan ogoh etish hamda taraqqiyot va farovonlik to‘g‘risida bilimlarini oshirishdan iborat.

Dastur doirasida bir nechta tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tanlovlarda Podshohlikdagi 40 dan ortiq universitet va kollejlarning 200 nafar talabasi ishtirok etishi mumkin.


Print   Email