“Diniy erkinlik — islomning asosiy prinsipi” bu xususda Al-Azhar observatoriyasi yangi videorolik namoyish etdi

Ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Al-Azhar Observatoriyasi “Diniy erkinlik — islomning asosiy prinsipi” deb nomlangan videorolik tayyorladi, deb xabar bermoqda www.azhar.eg sayti.

12 ta tilda tayyorlangan mazkur video Observatoriyaning arab va xorijiy tillardagi vizual materiallaridan hisoblanadi.

Videorolikda islom dinidagi asosiy huquq, ya’ni diniy erkinlikka urg‘u berilib, unda jamiyatdagi huquqiy tamoyillar islom dinida ancha oldin hayotga tatbiq etilgani aniq dalillar bilan isbotlangan. Al-Azhar bosh imomi, professor Ahmad at-Toyyib bu haqida “Erkinlik va fuqarolik: xilma-xillik va integratsiya” mavzusidagi xalqaro konferensiyada o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

– Islom bizning erkinligimizni ta’minlab, har qanday zo‘riqishlardan xalos etadi. Ayniqsa, imon va ta’limotga bog‘liq bo‘lgan jihatlar insonning tug‘ma tabiatiga mos, inson huquqlari ekanligiga e’tiborimizni qaratmoqda, – deydi Ahmad at-Toyyib.

 


Print   Email