“Butunjahon she’riyat kuni” bayram tadbiri o‘tkazildi

“Butunjahon she’riyat kuni” bayram tadbiri o‘tkazildi

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) hamda Arab poyeziyasi akademiyasi (KSA) hamkorligida “Shoirlar – tinchlik qanotlari” shiori ostida “Butunjahon she’riyat kuni” tadbiri tashkil etildi.

Bu haqida ICESCO tashkilotining rasmiy sayti xabar qilmoqda. Tadbirda “Assilah” xalqaro festivali prezidenti janob Muhammad Benaissa faxriy mehmon sifatida ishtirok etib nutq so‘zladi. ICESCO bosh direktori doktor Salim al-Malik tadbir munosabati bilan o‘zi yozgan she’rni o‘qidi.

Xalqaro bayramda 2020-yilda “Argana” xalqaro she’riyat mukofoti sovrindori, shoir Muhammad Achaari she’rlari o‘qilib, marokashlik qo‘shiqchi Karima Skalli ijrosida ko‘y yangradi. Ushbu madaniy tadbir munosabati bilan ICESCO tomonidan yaratilgan “Sariq ertaklar qushi” nomli videofilm namoyish etildi.


Print   Email