O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijiy talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijiy talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2021-yil 11-yanvar sanasidan barcha kurslar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanishini ma’lum qiladi.

Xorijiy mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar ham ushbu sanadan boshlab dars mashg’ulotlarida, o‘z vaqtida qatnashishlari talab etiladi.

COVID-19 pandemiyasi sharoitida xorijiy talabalarning an’anaviy shaklda dars mashg’olotlarida ishtirok etishlari uchun Akademiyada barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar yotoqxona bilan ham ta’minlanadilar.

Darslarga o‘z yashash joyilaridan onlayn shaklda qatnashish istagini bildirgan xorijiy talabalar uchun Akademiyada bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy shakldagi dars mashg‘ulotlari onlayn translatsiya qilib borilishi ta’minlanadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Talabalar (xorijiy) ishlash bo‘limi bilan bog‘lanishingiz mumkin Tel: +998712449593, +998946005330 (Telegram, WhatsApp)


Print   Email