Ilk ma'ruza darslari muvaffaqiyatli o‘tdi

Ilk ma'ruza darslari muvaffaqiyatli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, to‘plangan boy ilmiy-ma’naviy tajribani o‘rtoqlashish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun o‘zaro anglashuv Memorandumi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Ozarbayjon ilohiyot instituti ilmiy tadqiqotchilari, magistrlari uchun onlayn ma’ruzalar tashkil etildi.

Darslar boshlanishidan oldin O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov so‘z olib, O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yildan yilga mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, ta’lim sohasida ham o‘zaro tajriba almashish, yangi ilmiy ishlanmalar ommalashayotgani e’tirof etildi. Bunday uzviy hamkorlik ta’lim rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidlanib, onlayn seminarga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Davronbek Maxsudov “Наука тафсир в Мавераннахре” (Movarounnahrda tafsir ilmi) mavzusida Ozarbayjon ilohiyot instituti talabalariga ma’ruza o‘qidi.

Movarounnahr diyoridan kamolga yetgan buyuk allamolarning ilmiy-ma’naviy merosi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, tafsir ilmiga oid nodir manbalar, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Savol-javoblarga boy o‘tgan dars kuzatuvchilarda katta taassurot qoldirdi. Mazmunli va foydali o‘tgan seminar uchun ishtirokchilar tomonidan minnatdorlik bildirildi.

Onlayn darslar davom etmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Irgashevich, Dadamukhamedov A. "Development of National Network and Corporate Networks (in the Case of Tas-IX Network)." International Journal of Human Computing Studies, vol. 1, no. 1, 2019, pp. 1-5, doi:10.31149/ijhcs.v1i1.347.


Print   Email