Hamdardlik

Hamdardlik

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi nomiga taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatovning vafoti munosabati bilan xalqaro hamkor tashkilotlar hamda xorijlik olimlar tomonidan hamdardlik bildirilmoqda.

Ana shunday nomalardan biri Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi – IRCICA Bosh direktori Xalit EREN tomonidan yo‘llandi. Nomada shunday deyiladi:

“Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi – IRCICA professor Ubaydulla Uvatovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasiga chuqur hamdardlik bildiradi.

Biz professor Ubaydulla Uvatovni dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan — Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu al-Mu’iyn An-Nasafiy singari ulug‘ mutafakkir allomalar hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan kitoblari va monografiyalari orqali taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor, umuman, davlat va jamoat arbobi sifatida yuksak qadrlar edik.

Xalqaro IRCICA tashkiloti jamoasi marhum professor Ubaydulla Uvatovni Alloh o‘z rahmatiga olishini va ushbu sinovli kunlarda uning oilasi, farzandlari va yaqin qarindosh, do‘st-birodarlariga sabr-toqat tilaydi.

 

Hurmat bilan,

 

IRCICA Bosh direktori Xalit EREN”.


Print   Email