2021-2022 o‘quv yilida Latviya davlat universitetlarida tahsil olish uchun stipendiya va grantlar e’lon qilinmoqda

2021-2022 o‘quv yilida Latviya davlat universitetlarida tahsil olish uchun stipendiya va grantlar e’lon qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Latviya davlati o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Xususan, Latviya davlati Fan va ta’lim vazirligi 2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvchi va talabalari uchun stipendiya va grantlar ajratganini e’lon qildi.

Nomzodlar taqdim etgan hujjatlari natijalari asosida tanlab olinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar arizalarini 2021-yil 1-aprelga qadar on-line tarzda taqdim etishlari kerak. Belgilangan hujjatlar ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilingan holda yuborilishi talab etiladi.

Stipendiyalar olish tartibi, “Yozgi maktablar” to‘g‘risida ma’lumot, ishtirok etish shartlari va barcha zaruriy hujjatlar ro‘yxati bilan agentlikning http://www.viaa.gov.lv va http://www.viaa.gov.lv/scholarships veb-sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, qo‘shimcha savollarga javob olish uchun Agentlikning xalqaro hamkorlik dasturlari katta mutaxassisi Marika Piraning This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  elektron pochtasi orqali bog‘lanish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email