O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon Ilohiyot instituti o‘rtasida tuzilishi rejalashtirilgan  Аnglashuv memorandumini imzolash tadbiri  PRESS-RELIZI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon Ilohiyot instituti o‘rtasida tuzilishi rejalashtirilgan Аnglashuv memorandumini imzolash tadbiri PRESS-RELIZI

Joriy yilning 24 iyul kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon Ilohiyot instituti o‘rtasida o‘zaro Аnglashuv memorandum imzolashishiga doir tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda har ikkala davlat taʼlim muassasalari rahbariyati ishtirok etadi.

Mazkur imzolanishi kutilayotgan memorandumda ilm-fan taraqqiyoti, sohaga oid olib borilayotgan tadqiqotlar, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, islomshunoslik rivoji yo‘lida har ikkala taʼlim muassasasi salohiyati va imkoniyatidan unumli foydalanish kabi masalalar muhokama etiladi.

Shuningdek, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, to‘plangan boy tajriba va tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishga qaratilgan kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, Ozarbayjon ilohiyot instituti tashkil topishida Boku davlat universitetining Ilohiyot fakulteti asos sifatida xizmat qilgan. Mazkur fakultet 1992-1993 o‘quv yilida Ozarbayjon taʼlim vazirligi hamda Boku davlat universiteti va Turkiya diniy fondi tomonidan shartnoma asosida tashkil etilgan hamda 2017 yilga qadar faoliyat olib borgan.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 fevraldagi “Ozarbayjon ilohiyot instituti”ni tashkil etish bo‘yicha qaroriga asosan, Ozarbayjon diniy tashkilotlar bo‘yicha ishlash davlat qo‘mitasi tasarrufida Ozarbayjon ilohiyot instituti tashkil etildi.

Institutda yagona ilohiyot fakulteti hamda 3 kafedra (Dinshunoslik, Islomshunoslik va Tillar va ijtimoiy fanlar) bakalavr, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda 101 nafar bakalavr va 7 nafar magistr taʼlim olmoqda.

Ushbu taʼlim muassasasining maqsadi:

— respublikani din sohasidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

— Ilohiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

— Ozarbayjon millatining milliy va madaniy rivojlanishiga milliy, diniy hamda maʼnaviy qadriyatlarini saqlagan holda ko‘maklashish.

Institut qator davlatlarning nufuzli taʼlim muassasalari bilan o‘zaro yaqin aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolashga erishgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email