Xorijlik abituriyentlar uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul davom etmoqda (press reliz)

Xorijlik abituriyentlar uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul davom etmoqda (press reliz)

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2019-2020 o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun  qabul davom etmoqda.

Xorijlik abituriyentlar akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga diniy va dunyoviy fanlardan o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.

Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish mumkin:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil):

  • Islomshunoslik (qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi)
    Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
    Dinshunoslik
    Xalqaro munosabatlar
    Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)
    Turizm (ziyorat turizmi)
    Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)

Magistratura mutaxassisligi (2 yil):

  • Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
    Turizm (ziyorat turizmi tashkil etish va boshqarish)
    Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)
    Dinshunoslik
    Tarix (islom sivilizatsiyasi)
    Qur’onshunoslik
    Hadisshunoslik
    Islom huquqi
    Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar
    Islom tarixi va manbashunosligi
    Psixologiya (din psixologiyasi)
    Lingvistika (arab tili)
    Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi
    Qiyosiy dinshunoslik

Tayanch doktorantura yo‘nalishlari:

  • Qur’onshunoslik
    Hadisshunoslik
    Fiqh, aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar
    Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi
    Islom tarixi va manbashunosligi
    Dinshunoslik

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda. 2019 yildan boshlab, Rossiya musulmonlari diniy kengashi muftiysi Albir Krganov doktoranturaga qabul qilindi.

Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda  www.iiau.uz,  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. va  +998907888745 (Telegram va WhatsApp) raqami orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.

O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida  amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

+998907888745

+998935510593 (ingliz tilida murojaat uchun)

+998712449593


Print   Email