"Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" va "Sharqdan nur" filmlari musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi

"Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" va "Sharqdan nur" filmlari musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumatiga ko‘ra, "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" va "Sharqdan nur" filmlari “Islam-Today” internet nashri tomonidan musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

"Bu juda sifatli kartina O‘zbekistonda ko‘p yillar ichida birinchi marotaba suratga olingan diniy-maʼrifiy mavzusidagi film. Kartinada sevgi-muhabbat hikoyasi ham bor. Bosh qahramon oqilona tarzda fikr yuritadi, filmda moʻjizalar yo‘q. Kartina hayotda bo‘lgan real voqeliklar asosida tasvirlangan. Bosh qahramon, Abu Iso Muhammad Termiziy hech kimni daʼvolamaydi, hech kimni o‘zgartirmaydi. U faqat islom dini tarixi va maʼlumotlarni to‘plash, bilim olish bilan shug‘ullanadi. Imom yigirma yilni vatanidan tashqarida hadis to‘plash bilan o‘tkazdi. Yigirma yil ichida Termiziy Shayx Isʼhoq ibn Rohavayh Marvaziy va boshqa ko‘plab olimlardan tahsil oladi. Yigirma besh yoshida (boshqa versiyaga ko‘ra, yigirma olti yoshida) Iroqqa, Basra shahriga borib, o‘sha mintaqalarning ko‘zga ko‘ringan olimlaridan saboq ola boshladi, shundan so‘ng Shomga, u yerdan esa Hijozga boradi. Ana shu yigirma yillik sayyohat va taʼlim olishlar chog‘larida Abu Iso Termiziy olimlardan eshitgan barcha hadislarini yod olar va yozib olar, har xil bahslarda ishtirok etardi", — deyiladi "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" (2019) haqidagi film materialida.

Maqolada, shuningdek, yana bir o‘zbek filmi "Sharqdan nur" kartinasi ham eʼtirof etildi.

“Tibbiyot” atamasi qayerdan kelib chiqqanini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Olim va tadqiqotchilar orasida bu so‘zning paydo bo‘lishi Ibn Sino (Avitsenna), Buyuk Sharq allomasi, tabib va olim – "madat Sino" nomi bilan bog‘liq degan fikr mavjud. Uning asarlarining soni nomaʼlum, ammo tadqiqotchilar 160 va 450 raqamlari orasida deb faraz qilishadi. Uning kitoblari yoqib yuborildi, o‘g‘irlandi va yashirildi. Ammo ularning ayrimlari saqlab qolingan. "Shifo kitobi", "Najot kitobi", "Ko‘rsatma va o‘gitlar kitobi", "Ilm kitobi" shular jumlasidandir" deb yozadi nashr.

Filmda dunyoga mashhur olim-ensiklopedist Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan. Suratga olish ishlari bir qancha mamlakatlar – O‘zbekiston, Eron, Fransiya va Rossiya hududlarida amalga oshrildi.


Print   Email