“Al-Jomi as-sahih” bugun ham ayrim muammolarni yechishda muhim manba

“Al-Jomi as-sahih” bugun ham ayrim muammolarni yechishda muhim manba

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikdagi navbatdagi onlayn seminari Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti islomiy ilmlar fakulteti professori, hadisshunos olim doktor Ahmad Yildirim ishtirokida o‘tkazildi.

Markaz axborot xizmatining ma’lum qilishicha, onlayn muloqot “Movarounnahrdan yetishib chiqqan muhaddislar va ularning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Professor Ahmad Yildirim hadis ilmi tarixi, movarounnahrlik buyuk muhaddislar, mashhur hadis to‘plamlari va ularga yozilgan sharhlar haqidagi ma’ruzalari tinglandi.

– Tadqiqotlarim natijasidan kelib chiqib, baralla aytishim mumkinki, Imom Buxoriyning “Al-Jomi as-sahih” asari bugungi globallashuv jarayonida ayrim muammoli masalalarni yechishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda, – dedi Ahmad Yildirim. – Ushbu asar islom olamida bejiz Qur’oni karimdan keyingi eng ishonchli manba deb e’tirof etilmagan. Imom Buxoriyning “Al-Jomi as-sahih” asari dunyo ilm ahli nazdida hozirgacha ilmiy va amaliy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bugun ham islom dini bilan bog‘liq ko‘p masalalarda bu asar bizga asosiy manba bo‘lmoqda.

Seminarda shuningdek, Imom Termiziy, Imom Dorimiy kabi allomalarning islom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi, ular tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va uning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email