Amir Temur – ruhoniyat homiysi

Amir Temur – ruhoniyat homiysi

Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyodagi qariyb bir yarim asrlik hukmronligidan so‘ng Movarounnahr taxtiga kelgan Amir Temur davridan boshlab bu yerda tub o‘zgarishlar yuz berdi: ilm-fan, madaniyat, san’at, bunyodkorlik, me’morchilik kabi qator yo‘nalishlarda islohotlar o‘tkazildi. Bular orasida din va diniy ilmlar rivojini ham alohida aytib o‘tish kerak.

Insonparvarlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat namunasi

Insonparvarlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat namunasi

FARMON VA IJRO

Adashganni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, yiqilganni suyash, xato qilganni kechirish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan sanaladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida bu kabi an’analarimizning bardavomligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor inson huquq va manfaatini muhofazalash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotir.

Allomalarimizning boy ilmiy faoliyati zamonaviy ilm-fan rivoji uchun poydevordir

Allomalarimizning boy ilmiy faoliyati zamonaviy ilm-fan rivoji uchun poydevordir

BOQIY MEROS

Islom dinini xalqimiz diniy ta’limot sifatida qabul qilish barobarida uni ilmiy jihatdan yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shdi. Bu bilan o‘rta asrlarda yashab ijod etgan movarounnahrlik faqih alloma va mutafakkirlardan bebaho manbalar meros qoldi. O‘zbekiston kitob fondlarida yuz mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanayotgani, ularning asosiy qismi UNESCOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgani fikrimiz dalilidir.

Chindan ham O‘zbekiston tarixini asrlar osha yetib kelgan yozma meros asosida xolisona va chuqur o‘rganish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu merosning salmoqli qismini vatanimizdan yetishib chiqqan olimlarning asarlari tashkil etadi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho, ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.

Millatlararo totuvlik — yurt ravnaqi

Millatlararo totuvlik — yurt ravnaqi

Bagʻrikenglik

Vatanimiz qit’alararo madaniy-tijoriy aloqalarni yaxshilashga xizmat qilgan Buyuk ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan. Bu yerda turli xalqlarning milliy an’ana va urf-odatlari o‘zaro uyg‘unlikda rivojlangan. Demak, o‘zbekona bag‘rikengligimizning ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi va bu borada biz hamisha jahon ahliga namuna bo‘lib kelganmiz.

Har qarich tuprog‘i muqaddas zamin

Har qarich tuprog‘i muqaddas zamin

Qadriyat

Ko‘hna Movarounnahr ham dunyoviy, ham diniy ilmlarda yuksak cho‘qqilarni zabt etgan yuzlab zabardast allomalar yetishib chiqqan zamin. Afsuski, Chor Rossiyasi, undan keyin sho‘rolar saltanatining iskanjasida qolgan xalqimiz bir yarim asr davomida ulug‘ ajdodlar merosidan mosuvo bo‘lib qoldi.

Istiqlolgacha xalqimiz faqat dunyoviy ilmlarda bemisl g‘ayrat-shijoat ko‘rsatgan allomalarimizni tanir, ular haqida ozmi-ko‘pmi tasavvurga ega edi. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidek, ularning tadqiqot va kashfiyotlarini inkor etishning yoki maxfiy tutishning imkoni yo‘qligi sababligina shunday bo‘ldi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” yoki Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy” asari avval ruscha nashr etilgani, keyin noiloj o‘zbek tiliga o‘girilgani shundan dalolat beradi.

III uyg‘onish davri sari qadam

III uyg‘onish davri sari qadam

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 23-iyundagi qarori asosida tashkil qilinmoqda. Prezidentimiz 2018-yil 15-iyunda markaz qurilishiga tamal toshini qo‘yishda ishtirok etdi. O‘tgan davr mobaynida Davlatimiz rahbari mazkur mahobatli markazga bir necha bor kelib, qurilish jarayoni borasida o‘z tavsiyalarini bergan bo‘lsa, yaqinda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi.