Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Slovakiya Respublikasining milliy stipendiyalar dasturi doirasida 2021/2022 o‘quv yili uchun tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar, doktorantlar va o‘qituvchilar 2021-2022 o‘quv yilida Slovakiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, stajirovka o‘tash, tadqiqot olib borish va dars berish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

O‘qish davomiyligi va talablari quyidagicha:

– bakalavrlar 1-2 semestr davomida stajirovka o‘tashi mumkin va nomzodlar kamida 3-kursni bitirgan bo‘lishi kerak;

– magistrantlar uchun 1-10 oy davomida stajirovka belgilangan;

– o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va san’at sohasi xodimlari uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi.

Mazkur stipendiyalar Slovakiya Respublikasining Ta’lim, fan, tadqiqotlar va sport vazirligi hamda Slovakiya akademik axborot agentligi budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi.

Nomzodlar 2021-yil 30-aprelga qadar onlayn tarzda hujjat topshirishlari mumkin. 2021-2022 o‘quv yilining yozgi semestrida hujjat topshirish muddati esa joriy yilning 31-oktabrga qadar davom etadi.

Talabgorlar dasturning talab va shartlari bilan quyidagi havolada tanishishi mumkin:

hpp://www.stipendia.sk/main/pravila-i-uslovia-programmy/inostrannye-pretendenty

Stipendiya dasturi to‘g‘risida ingliz va rus tillaridagi batafsil ma’lumotlarni www.stipendia.sk va www.scholarships.sk veb-sahifalari orqali olish mumkin.

Ushbu dasturda ishtirok etish istagidagi talabgorlar Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email