Ish beruvchi tashkilot vakillari va Akademiya talabalari uchrashuvi o‘tkaziladi

Ish beruvchi tashkilot vakillari va Akademiya talabalari uchrashuvi o‘tkaziladi

2021-yil 6-fevral kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2021 o‘quv yilidagi bitiruvchilarni mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirishni samarali tashkil etish maqsadida “Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi o‘tkaziladi.

Unda “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Dinshunoslik” yo‘nalishining bakalavr, “Dinshunoslik”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Islom huquqi”,  “Hadisshunoslik”, “Qur’onshunoslik”, “Tarix (Islom sivilizatsiyasi)”, “Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar” yo‘nalishlarining magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Qolgan yo‘nalish talabalari uchun mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish tadbirlari 17-fevral hamda 20-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 


Print   Email