Indoneziyada o‘qish bo‘yicha stipendiyalar tanlovi e’lon qilindi

Indoneziyada o‘qish bo‘yicha stipendiyalar tanlovi e’lon qilindi

Indoneziya hukumati tomonidan “Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi” doirasida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatura, magistratura va ilmiy tadqiqotchilik markazlari tolibi ilmlari uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur dastur Indoneziyaning 19 ta oliy ta’lim muassasasining bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, muhandislik, ko‘p tarmoqli tadqiqotlar hamda ta’lim va ilm-fan kabi yo‘nalishlarda tahsil olish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, dasturda ishtirok etish istagini bildirgan davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari va oliy ta’lim muassasa o‘qituvchilariga alohida imtiyozlar beriladi.

Dasturda yoshga doir va ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilgan:

– bakalavr yo‘nalishi – 25 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar, IELTS 6.0;

– magistratura yo‘nalishi – 35 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar, IELTS 6.0;

– doktarantura yo‘nalishi – 40 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar, IELTS 7.0.

Stipendiya xalqaro aviachiptalar, tibbiy sug‘urta va yashash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashni o‘z ichiga oladi.

Dasturda ishtirok etish uchun 2021-yil 4-mayga qadar quyidagi veb-sahifada ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur: hpp://knb/kemdikbud/go/id

Ushbu dasturda ishtirok etish istagidagi talabgorlar 2021-yil 5-aprel kuniga qadar Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email