Ilmiy faoliyatga oid innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi

Ilmiy faoliyatga oid innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 47-turini e’lon qildi.

Ushbu tanlov quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari; ijtimoiy fanlar; iqtisodiyot va huquq fanlari; kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya fanlari; o‘rmon xo‘jaligi fanlari; qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari; tarix va arxeologiya fanlari; texnika fanlari; tibbiyot fanlari; yer to‘g‘risidagi fanlar.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2021-yilning 2-avgustiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

O‘zA


Print   Email