So‘ngi yillarda yurtimizda jahon ilm-fani rivojiga bebaho hissa qo‘shgan allomalarimizning hayoti va boy ilmiy merosini o‘rganish, ularning asarlarida yoritilgan ezgu g‘oyalarni keng jamoatchilikka yetkazish orqali yoshlarni Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan illatlarga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalash tizimini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son Qarori asosida tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi, ta’bir joiz bo‘lsa, yoshlarni ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosi asosida barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarida oldinga tashlangan muhim qadam deb baholash mumkin.
Shu munosabat bilan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joriy yilning 17-dekabr sanasida “IMOM MOTURIDIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI: ISTIQBOLDAGI REJALAR” mavzusida xalqaro onlayn matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Barchangizni ushbu konferensiyaga taklif etamiz.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati