Akademiyada “Islohotlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

Akademiyada “Islohotlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining Akademiya bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;

– eng yaxshi guruh murabbiysi;

– eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;

– eng faol islohotlar targ‘ibotchisi;

– ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra.

Ishtirokchilar amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi tahlili hamda sohaga doir test sinovi yoki suhbat shaklida shartlari bo‘yicha bellashishadi. Har bir shart 50 baldan baholanadi.

Qatnashuvchilar joriy yilning 15-apreldan 15-mayga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tanlovning Akademiya bosqichi may-iyun oyida o‘tkazilsa, respublika bosqichi avgust-sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Murojaat uchun telefon: +998 97 460 45 54


Print   Email