Akademiya professor-o‘qituvchilari xorij OTM talabalariga ma’ruza o‘qiydi

Akademiya professor-o‘qituvchilari xorij OTM talabalariga ma’ruza o‘qiydi

Joriy yilning 6-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi, Paramadina universiteti (Universitas Paramadina) hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari Zohidilla Munavvarov hamda fan doktori Avazbek Gʻaniyev ishtirok etishadi.

O‘zbekiston tarixi, madaniyati, islom tadqiqotlari to‘g‘risida Paramadina universiteti talabalariga ma’lumot yetkazish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvda “Buyuk o‘zbek olimlarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” hamda “Abu Rayhon Beruniyning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar olib boriladi.

Ma’ruza uchun ZOOM havolasi: https://clck.ru/UVjKV

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email