“Ranglar jilosida – ona diyor” mavzusida respublika yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

“Ranglar jilosida – ona diyor” mavzusida respublika yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimiz bo‘ylab san’at festivali o‘tkazilmoqda.

Tanlovni tashkil etishdan maqsad – yoshlar ongida mustaqillik tuhfa etgan aziz ne’mat – Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot, farovonlik qadriga yetish, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan erkin demokratik jamiyat qurish, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash, yosh iqtidorlarni izlab topish va ularni rag‘batlantirish, salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi tomonidan “Ranglar jilosida – ona diyor” respublika yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovining an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalini o‘tkaziladi. Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, tasviriy san’at yo‘nalishida (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ijod qilayotgan yosh ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi ikkita yosh toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi:

– 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

– 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:

– Birinchi bosqich – hududiy bosqich. Sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar tanlovning ikkinchi – respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Hurmatli akademiyamiz talabalari tanlovda ishtirok etish va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Tanlov shartlari va Nizomi bilan www.art-academy.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (71) 232 17 66.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email