“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni uchun tanlov e’lon qilindi

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni uchun tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni uchun tanlov e’lon qilindi.

Mazkur tanlov har yili innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish, ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom Akademiyasining “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limiga 2021-yil 30-aprelga qadar hujjatlarini tanlov komissiyasiga taqdim etish uchun topshirishlari zarur.

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni uchun topshirilgan hujjatlar maxsus komissiya tomonidan baholanib, yakunda 10 ta loyiha tanlab olinadi. Eng yaxshi innovatsion loyihalar mualliflari eng kam oylik ish haqining yigirma baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun telefon: +998 97 4774565.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email