Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorining 7-bandi hamda 2017-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3207-sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, Mahmudxo‘ja Behbudiy Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori sektor Nizomi va yillik ish rejaga muvofiq faoliyat yuritadi. Sektor quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi:

Bo‘limning asosiy maqsadlari:

talabalarga o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash;

— kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishini ta’minlash;

— iqtidorli talabalarning samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

— iqtidorli talabalarni doimiy rag‘batlantirib borish va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun o‘tkaziladigan tanlovga yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish;

— iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy markazlari pedagoglari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslari, o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish;

— Akademiya bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarining iqtidorli talabalari bilan on-layn ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish;

— Akademiyada har yili iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish va bunda eng yaxshi ilmiy ish mualliflarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;

— Akademiya iqtidorli talabalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalar yaratish borasidagi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

— iqtidorli talabalarning xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish;

— talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;

— iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda chop etiladigan nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari bilan qatnashishlarini qo‘llab-quvvatlash;

— iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

— talabalar orasida yangi startap, tanlovlar uchun maqola tayyorlash hamda chop etishning muhim jihatlari bo‘yicha talabalar ishtirokida ilmiy seminarlarni tashkil etish;

— “eng yaxshi ilmiy ish” tanlovini tashkil qilish va o‘tkazish, iqtidorli talabalar orasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlar olib borish;

— iqtidorli talaba va magistrantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash.


Print   Email