O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

USMANOV IBROHIM SABIROVICh

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor.

Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

 

1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq filologiyasi fakulteti (1998 y.), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura bosqichini (2001 y.)  tugatgan. 2011-2012 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

I.Usmanov 2008-yildan 2013-yilgacha Toshkent islom universitetining "Islom tarixi va falsafasi" fakulteti dekani, 2013-2015-yillarda TIU Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi direktori, 2015-2018-yillar mobaynida Toshkent islom universitetining o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yil sentabr oyidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

2006-yil Toshkent islom universiteti Ixtisoslashgan kengashida tarix fanlari doktori U.Uvatov rahbarligida “Al-Hakim at-Termiziyning “Navodir al-usul” asari hadis va tasavvuf ilmiga oid muhim manba” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ixtisosligi: 24.00. 02-Islom tarixi ma manbashunosligi.

Qohira (Misr) (2009), Kuvayt (2012), Krakov (Polsha) (2013), Abu Dabi (BAA) (2014), Masqat (O‘mon) (2014), Berlin (Germaniya) (2014), Boxum (Germaniya) (2017),  Istambul (Turkiya) (2018)da o‘tgan xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.

Hozirda I.Usmanov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170930192 sonli “Hakim Termiziyning “Navodir al-usul” va “Masoil” asarlarining tanqidiy matnini tayyorlash va saylanmasini nashr etish” amaliy loyihasining rahbari sifatida ham faoliyat olib borish bilan birga 2 nafar nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.

ChOP ETTIRGAN ILMIY ISHLARI

Monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va risolalar:

  1. Ma’rifat ziyosi // mas’ul muharrir A.Mansurov, I.Usmonov. –Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa-birlashmasi, 2015. – Toshkent. 312 b.
  2. Islomda keksalar qadri // mas’ul muharrir I.Usmonov. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa-birlashmasi, 2015. – 424 b.
  3. Qur’onshunoslikka oid ilmlar // I.Usmonov va boshq. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa-birlashmasi, 2016. – 287 b.
  4. Tasavvuf tariqatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TIU NMB, 2016.
  5. Xakim Tirmizi. Monografiya (rus tilida). Tashkent: MOVAROUNNAHR, 2016. – 52 s.
  6. Tasavvuf atamalari izohli lug‘at: I.Usmonov va boshq. – T.: TIU NMB, 2015. – 360 b.
  7. Termizlik ikki alloma. –T.: TIU MNB, 2017.
  8. Hakim Termiziy asarlaridan saylanma. – T.: Movarounnahr, 2017.
  9. Movarounnahr tasavvufi va moturidiylik- Sufism in Mawarannahr and the Maturidi school of thought. Kitob. – Toshkent: Movarounnahr, 2017.
  10. Oriflar tasallisi. Toshkent: Movarounnahr, 2018.

Maqolalar ro‘yxati:

  1. Globallashuv sharoitida O‘zbekistonning islom hamkorlik tashkiloti bilan o‘zaro munosabatlarining ahamiyati // Islomshunoslikning dolzarb masalalari. B. 29-32.
  2. The Representation of Ibadis in Scholarly Works from Mawerannahr // Ibadi jurisprudence. Jagiellonian University in Krakow. (nashrda)
  3. Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviy kamolotini yuksaltirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati // Dinshunoslikning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. TIU 9 aprel 2013 y. B. 239-241.
  4. Saudiya Arabistonida tasavvuf: kecha va bugun // Dinshunoslik fanining metodologiyasi, yondoshuvi va uslubiyatini takomillashtirishning dolzarb muammolari. VI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent islom universiteti matbaa-birlashmasi nashriyoti. – Toshkent. 2014. –B. 359-363.
  5. Movarounnahr tasavvufi va tariqatchilik // Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi. Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya.  – Toshkent: TIU, 2014.
  6. Hakim Termiziy // Yurtimiz allomalari. – Toshkent. 2014. – B.173-178.
  7. Avliyolar peshvosi. Huquq va burch jurnali. № 3. 2015 yil. –B. 38-41.
  8. Hakim Termiziyning (vaf. 932 y.) “Navodir al-usul” asaridan // Islomda keksalar qadri. / Mas’ul muharrir I.Usmonov. –Toshkent, “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa-birlashmasi. 2015. -104 b.
  9. Diniy bag‘rikenglik tamoyillari: ularning ilk islom hujjatlaridagi ifodasi. Huquq va burch jurnali. № 5. 2015 yil. –B.34.
  10. O‘zbekistonda arab tili ta’limi: tarix va zamonaviy holat // -Toshkent, Sharq mash’ali, № 3-4. –B. 94-103.
  11. Movarounnahr tasavvufi va tariqatchilik. Hurriyat № 29 aprel.
  12. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va uning ildizlari. Huquq va burch jurnali. № 10. 2015 yil. –B.24-27.
  13. Markaziy Osiyo miniatyurasida tasavvuf an’analari. Maqola. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborot byulleteni. № 3. 2016. – B. 43-48.
  14. Dunyoviylik dinsizlik emas // – Toshkent, Imom Buxoriy saboqlari, 2015. №2. –B. 30-34.
  15. Movarounnahr tasavvufi va tariqatchilik. Hurriyat № 29 aprel. 2015.
  16. Светскость – это не есть безрелигиозность / “Россия и мусульманский мир” jurnali. – Moskva. № 8. 2016. – С. 125-135.
  17. Din va dunyo / Islom ma’rifati va hozirgi zamon. Risola –Toshkent: TIU NBM 2016. – B. 22-39.
  18. Наследие Хакима Тирмизи как важный источник в борьбе против невежества и фанатизма // Историко-культурные традиции эпохи Хакима Тирмизи и её значение в мировой цивилизации. Международный симпозиум посвящённый 1250-летию ХакимаТермизи. Академия наук Республики Таджикистан. (Dushanbe, 20-21 dekabr, 2016 y.) konferensiya materiallari. –S.381-386.
  19. Hakim Termiziyning hadis ilmiga oid faoliyati // Buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy va Termiziylarning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish. Termiz, xalqaro ilmiy anjuman maqolalar to‘plami, 2017. –B.52-57. 
  20. Movarounnahr tariqatlarida aqidaviy qarashlar / Maqola. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborot byulleteni. № 3. 2017.

Print   Email