O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi

Malaka oshirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-son Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-son Qarori asosida olib boradi.

Markazning asosiy vazifalari:

Diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida dinning asl ta’limoti, ezgulik g‘oyalari, o‘zaro hurmat, tinchliksevarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etish hamda ular asosida yoshlarni tarbiyalash, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida targ‘ibot ishlariga mas’ul kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

Davlat va jamiyat barqarorligi, umumjahon xavfsizligiga tahdid solayotgan yot g‘oyalar, din niqobi ostiga yashiringan unsurlarning asl maqsadlarini fosh etuvchi, ularga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasining asl mohiyatini ko‘rsatish, chuqur ilmiy asoslarga tayangan targ‘ibot ishlarini olib boruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish;

Respublikada diniy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish;

Ilmiy asoslangan, islom dinining asl ta’limotini o‘zida mujassam etgan bilimlarni qamrab olgan o‘quv reja, o‘quv dastur, o‘quv qo‘llanmalari hamda taqdimot materiallarini ishlab chiqish;

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida ta’lim berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, sohaning taniqli mutaxassislarini jalb etishdan iborat.

Quyidagi https://malaka.uz/index.php/en/ sayt orqali ham Malaka oshirish markazi faoliyati bilan tanishishingiz mumkin.

Markazning quyidagi mintaqaviy filiallari mavjud:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali;

Samarqand viloyati mintaqaviy filiali;

Namangan viloyati mintaqaviy filiali;

Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali.

 

 

Malaka oshirish markazi direktoriAxmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent

Tel: 71-244-51-45

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

Markaz direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: Mirzayev Nasriddin Muxritdinovich

Tel: 71-244-51-45

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

Qayta tayyorlash, malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish va ilmiy-uslubiy bo‘limi boshlig‘i: Isomiddinov Bilol Abduhalim o‘g‘li.

Tel: 71-244-51-45

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

Malaka oshirish markazi “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri: Abduxamidov Muhammadjon Abduxalim o‘g‘li, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Tel: 71-244-12-73

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 


Print   Email