Axborot-texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibiy qismi bo‘lib, ushbu markaz shuningdek, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hay’at qarorlari va buyruqlari, Akademiya Ustavi, Kengashi karorlari, Akademiya rektorining buyruklariga muvofiq olib boradi.

Markazda jami 5 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, markazda rahbari boshchiligida 2 nafar muhandis-dasturchi 1 toifali, 1 nafar tizim administratori va 1 nafar tarmoq administratori faoliyat yuritadi.

Markaz bevosita AKTni joriy etish bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektorga bo‘ysunadi.

Markazning vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Akademiyada axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan taxdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultasiya xizmatlarini ko‘rsatish;

-“Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;

-Akademiyadagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

-kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;

-Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;

-Akademiya kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;

-Akademiyada Internet tarmog‘i, (Ye-xat) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaktida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;

– Akademiyaning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;

– Akademiyaning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;

– saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikasiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;

– axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniklash;

– dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikasiyalashtirish hamda yo‘qotishlardan himoyalash;

– operasion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni yechish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;

– saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalash;

– ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;

– himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;

Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minoti va soz holatda ishlashi hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda:

– kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;

– kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

– tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;

– mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;

– axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;

b) Akademiya internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini iazorat qilish:

– o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalari (server, svich)ni doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;

– kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;

– kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;

– o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;

– tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;

– internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;

– xodim va talabalarni internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;

– internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali internet tarmog‘inn doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

v) rasmiy veb-sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimny faol ishlashi, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash:

– tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning Akademiya elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;

– rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va texnik qo‘llab quvvatlash;

– veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishi va yangilanib borilishini ta’minlash;

g) Akademiya axborot tizimlarining global tarmoqqa integrasiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etishi:

– o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;

– global axborot-huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;

– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni AKADEMIYaga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;

– Akademiyada joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;

– elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reyestrini yuritish;

– yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;

– yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish.

 

Axborot texnologiyalari markazi rahbari: Azamxonov Jaxongirxon Baxodirxonovich

Manzil: Toshkent shahri , A. Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon: (0 371) 244-00-56, +99891-137-52-97

Faks: (0 371) 244-00-65

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


Print   Email