“Ziyo” media markazi

“Ziyo” media markazi diniy-ma’rifiy, ijtimoiy, tarixiy, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlarni tayyorlash va taqdim etishni maqsad qilgan.

Markazda O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ulkan ijobiy ishlarni, milliy qadriyatlarni o‘zida aks ettiruvchi, diniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop va ijtimoiy yo‘nalishlarda ko‘rsatuv va filmlar tayyorlanib, teletomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

Haftaning har dushanba kuni “O‘zbekiston” telekanali orqali “Imom Buxoriy saboqlari” rukni ostida turkum ko‘rsatuvlar hamda haftaning har chorshanba kuni ushbu telekanal orqali “E’tiqod mustahkamligi yo‘lida” nomli turkum ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. Shuningdek, yuqoridagi telekanal orqali muborak Ramazon oyida esa kun ora “Ramazon tuhfasi” nomli teledasturlar tayyorlanib xalqimizga tuhfa qilinmoqda. Bundan tashqari “Imom Buxoriy o‘gitlari” rukni ostida “O‘zbekiston” radiokanali orqali hamda “Oriat dono” radiokanali orqali “Ziyo chashmasi” rukni ostida, “Navro‘z” radiosi orqali esa “Ma’rifat ziyosi” nomli turkum dasturlar tayyorlanib yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola etilmoqda.

“Ziyo” media markazi ko‘rsatuvlari avvalo, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabalari, imom-xatiblar, mazkur Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tayyorlanadi. Quyidagi http://www.ziyo.uz/ sayt orqali ham “Ziyo” media markazi faoliyati bilan tanishishingiz mumkin.

 

 

Print   Email