Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-apreldagi PF–5416-sonli Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’sis etilishi asosida uning o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil qilingan.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi buyruq hamda “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to‘g‘risida”gi Nizom (№159, 30-may 2008-yil) asosida faoliyatini olib boradi.

Fakultet O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanadi.

Fakultet faoliyatida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. 5120100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)”;
  2. 5120100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar)”;
  3. 5210200 – “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)”.

Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)”, “Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar)” hamda “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beroladigan, davlat va jamoat tashkilotlari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish.

Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida hamkorlik qilishi mumkin.

Fakultetda mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiriladi. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.

Fakultet o‘z tarkibiga kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli kafedralarni, shuningdek, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga yaqin bo‘lgan boshqa kafedralarni birlashtiradi.

Fakultetda 4 ta kafedra ish olib boradi:

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi;

“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi;

“Chet tillari” kafedrasi;

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi.

 

Fakultet dekani:

Mirziyotov Ilyos Mirg‘iyosovich, pedagogika fanlari nomzodi.

Telefon: 71-244-31-68

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

Dekan o‘rinbosari:

Qutpiddinov Sobir Mamasoliyevich

Telefon: 71-244-31-68

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Fakultet uslubchisi:

Ibragimov Jaxongir Mansur o‘g‘li

Telefon: 71-244-31-68

Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


Print   Email