Bo‘limning asosiy maqsadi – xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlarni to‘laqonli ishtirokini, ayollar va yoshlarning ma’naviy va intellektual o‘sishini ta’minlash.
Bo‘limning vazifalari:
- xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan o‘stirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatnashishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;
- xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- akademiyada milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitusiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;
- xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bu tashkilotlarning sa’y-harakatlarini jamiyatni modernizasiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida, O‘zbekistonda jamiyat va davlat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yo‘naltirish.
Bo‘limning huquq va majburiyatlari
- akademiya xotin-qizlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
- ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
- o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
- ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tuzilmalarini tashkil etish;
- o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan konferensiyalar o‘tkazish;
- tadbirkorlik yig‘ilishlari, qonun hujjatlariga muvofiq to‘garaklar ochish va klublar tashkil etish.
- bo‘lim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Bo‘lim majburiyatlari:
- bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- qonun hujjatlariga rioya etish;
- bo‘lim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Bo‘lim ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
- Ayollarning jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mehnat faolligini kuchaytirish, ularning huquq manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash ishlarini olib borish;
- Xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, an’analarimiz asosida qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda tadbirlar, uchrashuvlar, seminar, konferensiyalar o‘tkazish;
- Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ma’naviy intellektual va kasbiy salohiyatini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish;
- “Qizlar klubi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish;
- Mehnat munosabatlarini takomillashtirish, ayollar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, ularning o‘qish va mehnat faoliyatini rag‘batlantirish;
- Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishi hamda ehtiyojini, munosib ravishda madaniy xordiq olishini ta’minlash;
- Ayollar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik g‘oyalarining tarqalishini oldini olish, milliy-diniy urf odatlarni to‘g‘ri targ‘ib etish;
- Xalqimizning ruhiyatiga, turmush tarziga yot bo‘lgan ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi holatlarning oldini olish;
- Kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, yakka-yolg‘iz ayollarga ko‘maklashish.
![]() |
Bo‘lim uslubchisi: Saidova Laylo Oktyabristovna Tel: +99894 686-10-94 Pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.. |