Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Bo‘lim haqida

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarori 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, 3 nafar (bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan iborat. Bo‘lim bevosita Akademiya tarkibiga kiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi

Ta’lim sifatini nazorat qilish (TSNQ) bo‘limining asosiy maqsadi Akademiya talabalari bilimining davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashishini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, Akademiyani ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

TSNQ bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta’minlanganligi hamda o‘zaro muvofiqligini tahlil etish;

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o‘rganish;

talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda nazorat ishlarini o‘tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

har bir fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va Akademiya rektoriga ma’lumotlar berib borish;

talabalar davomati va professor-o‘qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;

baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan Akademiya kengashida hamda rektor yig‘ilishida hisobotlar berib borish;

bitiruvchilarning bilim darajasini o‘rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

Akademiyani ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Akademiya rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan Akademiya rektoriga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Akademiya rahbariyatiga taqdim etish;

Milliy reyting tizimida Akademiya reytingini aniqlashda ishtirok etish.

 

 

 

Bo‘lim boshlig‘i: Berdiyarov Ilhom Hayrullayevich

Telefon: 71 244 19 61

E-pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

Bosh mutaxassis: Ubaydullayev Shohruh Humoyun o‘g‘li

Telefon: 71 244 19 61

E-pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

Bosh mutaxassis: Abduvahhobov Abdusalom Abdurahim o‘g‘li

Telefon: 71 244 19 61

E-pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 


Print   Email