Ichki nazorat va monitoring bo‘limi

Bo‘lim maqsadi

  1. Akademiya Ichki nazorat va monitoring bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari va Farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalari va boshqa yuqori tashkilot hamda vazirlik va tashkilotlarning me’yoriy hujjatlari, Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektori Kengashi qarorlari, rektor buyruqlarini o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish, tahlil qilib borish hamda Akademiyadagi fakultet, kafedra va bo‘limlarning faoliyatini qonun talablariga muvofiqliligi ustida umumiy monitoring nazoratini amalga oshirish, rejaga muvofiq monitoring tekshiruvlarini o‘tkazish va tahlil natijalari bo‘yicha Akademiya rahbariyatiga ma’lumotlar, bildirishnomalar, tavsiya va takliflar kiritish maqsadida tashkil etilgan.
  2. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, Ilmiy kengash qarorlari, Akademiya rektori Kengashi qarorlari, Rektor buyruqlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
  3. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi Akademiyada Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etilishini amalga oshiradi. Shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, xalqaro aloqalar, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi Kengash qarorlari, Rektor buyruqlari va ta’lim sohasidagi boshqa me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
  4. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.
  5. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi Akademiyaning ijro intizomi bilan bog‘liq bo‘lgan tahliliy hisobotlarni har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oy uchun amalga oshirilgan hisobotlar (1, 2, 3, va 4-jadvallar)ni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (boshqa yuqori tashkilotlar)ga taqdim etib boradi.
  6. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi faoliyati kalendar yili oxirida Akademiya Kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot vazirlikka taqdim etiladi.
  7. O‘zbekiston Respublikasi 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi 257-II-son-Qonunining (yangi tahriri) tegishli moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevral kunidagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli Qarori hamda ushbu sohaga doir hujjatlar ijrosini doimiy nazoratga oladi. Bu boradagi qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlardagi talablarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatib, amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot va tegishli ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etib boradi.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining funksional vazifalari

  1. Akademiyada O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarining, shuningdek, Akademiya Kengashi qarori va rektor buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish.
  2. Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va Akademiya bo‘yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda Akademiya moddiy-texnika bazasi monitoringini olib borish.
  3. Professor – o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini amalga oshirish bo‘yicha umumiy nazoratini tashkil etish.
  4. Akademiyada ta’lim standartlari monitoringini tashkil etilganini nazorat qilish va lozim bo‘lganda ushbu masalada amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda tavsiyalar berish.
  5. Akademiya faoliyati bo‘yicha umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borish.
  6. Akademiya boshqaruv organlari (rektor Kengashi, Akademiya Kengashi)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash.
  7. Akademiyada Kengash qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlashni nazorat qilish.
  8. Akademiyadagi ijro intizomi faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi, lozim bo‘lganda bu haqda Akademiya rahbariyatiga ma’lumotlar kiritish.
  9. Oliy ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va ko‘rsatmalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari hamda buyruqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha OTVga hisobotlar tayyorlab taqdim etish.
  10. Vazirlik Hay’at qarorlari, buyruqlari va modemnomalar bo‘yicha Akademiyada bajarilgan ishlar haqida tahliliy ma’lumot va hisobotlar tayyorlash.
  11. Akademiya Kengashiga tahliliy ma’lumotlar tayyorlab taqdim etish.
  12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, Modemnomalari hamda ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash yuzasidan oylik tahliliy hisobot tayyorlash va Akademiya rektori kengashiga taqdim etish.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi tuzilmasi

  1. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi mansab jadvali – bo‘lim boshlig‘i va metodistdan iborat.
  2. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi mansablari tarkibi talabalar soniga binoan Akademiyaga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.
  3. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
 

 

Lavozimi: Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

FISH: Abdulkadirov Lutfullo Vaxbulloyevich

Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon(+99893) 514-28-27

Faks(0 371) 244-94-64

Elektron pochtaThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

Lavozimi: Ichki nazorat va monitoring bo‘limi uslubchisi

FISH: Botirov Boburmirzo Mirodiljon o‘g‘li

ManzilToshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon(+99890) 925-00-93

Faks(0 371) 244-94-64

Elektron pochtaThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

Lavozimi: Ichki nazorat va monitoring bo‘limi uslubchisi

FISH: Samandarov Azizbek Sodik o‘g‘li

ManzilToshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon: (+99890) 351-51-02

Faks(0 371) 244-94-64

Elektron pochtaThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 


Print   Email