Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq, talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilingandan so‘ng, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari uchun tayyorlab qo‘yishlari lozim:

  1. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
  2. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  3. 3,5 x 4,5mm hajmdagi 12 dona fotosurat;
  4. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skoroshivatel);
  5. Konvert A5 formatida;
  6. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo‘lsa).

2020/2021 o‘quv yiliga oid ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.iiau.uz) va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi (https://t.me/iiau_official) orqali e’lon qilib boriladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 


Print   Email