2020 yil test sinovlari qaydnomasi tasdiqlandi

2020 yil test sinovlari qaydnomasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 25 sentabrdagi 5-sonli bayoni bilan tasdiqlangan 2020 yil test sinovlari qaydnomasi e’lon qilindi. Quyidagi (https://bit.ly/2GeNGeB) havola orqali test natijalari qaydnomasi bilan tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq, talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlar quyidagi (https://bit.ly/3irvvz5­) havolada keltirilgan hujjatlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga taqdim etish uchun tayyorlab qo‘yishlari lozim.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar quyidagi (https://bit.ly/3ivVZzD) havola orqali ariza berishlari mumkin.

2020/2021 o‘quv yiliga oid ma’lumotlarni Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.iiau.uz) va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi (https://t.me/iiau_official) orqali ko‘rish imkoniyati mavjud.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email