Oshirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga ariza berish tartibi

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasiga oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyentlarga qulaylik yaratish hamda hozirgi pandemiya sharoitini hisobga olgan holda oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalarni onlayn tarzda ikki bosqichli qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yganligini ma’lum qiladi.

Birinchi bosqichda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar talab etilgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda kiritadilar.

Ikkinchi bosqichda, berilgan namunaga muvofiq shaxsan abituriyent tomonidan Akademiya rektori nomiga qo’lda yozilgan arizaning elektron  shakli platformaga yuklab qo‘yiladi. Arizani to‘ldirishda ta’lim yo‘nalish, to‘plagan ball va ta’lim tili aniq yozgan holda abituriyent bilan bog‘lanish imkonini beruvchi kamida 2 ta telefon raqami ko‘rsatilishi so‘raladi.

Qabul jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan Akademiyada tashkil etilgan Call-center (71 244-50-76 va 71 244-96-13), rasmiy veb-sayt (www.iiau.uz) va ijtimoiy tarmoqdagi sahifa (https://t.me/iiau_official) orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

 

Birinchi bosqich

 

Oshirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga ariza berish
The maximum file size is 10mb ( jpg, jpeg, png, pdf, doc)

 Ikkinchi bosqich

 

 

Eslatma: Ushbu ariza yozma shaklda toʼldiriladi va elektron variant online tizimga yuklanadi.


Print   Email