Magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to'lov-kontrakt bo'yicha qo'shimcha qabulga ariza berish

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga magistratura mutaxassisligi boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish istagida boʻlgan abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyentlarga qulaylik yaratish hamda hozirgi pandemiya sharoitini hisobga olgan holda magistratura mutaxassisligi boʻyicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul uchun arizalarni onlayn tarzda ikki bosqichli qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yganligini ma‘lum qiladi.

Birinchi bosqichda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar talab etilgan ma‘lumotlarni belgilangan tartibda kiritadilar.

Ikkinchi bosqichda, berilgan namunaga muvofiq shaxsan abituriyent tomonidan Akademiya rektori nomiga qo‘lda yozilgan arizaning elektron  shakli platformaga yuklab qo‘yiladi. Arizani to‘ldirishda talim yo‘nalish, to‘plagan ball va  aniq yozgan holda abituriyent bilan bog‘lanish imkonini beruvchi kamida 2 ta telefon raqami ko‘rsatilishi so‘raladi.

Qabul jarayoni haqidagi ma‘lumotlar bilan Akademiyada tashkil etilgan Call-center (71 244-94-63), rasmiy veb-sayt (www.iiau.uz) va ijtimoiy tarmoqdagi sahifa (https://t.me/iiau_official) orqali batafsil ma‘lumot olishingiz mumkin.

 

Birinchi bosqich

 

Oshirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga ariza berish magistratura
The maximum file size is 10mb ( jpg, jpeg, png, pdf, doc)

 Ikkinchi bosqich

  

Eslatma: Ushbu ariza yozma shaklda toʼldiriladi va elektron variant online tizimga yuklanadi.


Print   Email